Dasturlashdagi tushunchalar

Abstrakt klass va interfeys

Abstrakt klasslar umumiy xususiyatlar bo’yicha obyektlar iyerarxiyasini yaratish uchun kerak bo’ladi. Bu yerda muhim narsa ajdod – merosxo’r xususiyatidir. Masalan, “Qush” abstract klassini olaylik. Bu klassning merosxo’rlari aniq bir turdagi qushlar – kabutarlar, chumchuqlar va h.k lar bo’ladi.

Continue reading

Klasslar va vektorlar

Klasslar Obyektga yo’naltirilgan dasturlash (OYD) – bu dasturlashga yangicha yondashuv hisoblanadi. EHM larning rivojlanishi va ularda yaratilayotgan dasturlarning murakkablashishi natijasida dasturlashning turli xil modellarini paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Dastlabki kompilyatorlarda dasturlashning funksiyalardan foydalanishga asoslangan protsedura modeli qo’llanilgan. Bu model yordamida dasturchi bir necha ming qatorli dasturlarni yoza olgan. Keyinchalik dasturlashning strukturali modeli paydo bo’ldi. Strukturali dasturlashning g’oyasi – dasturni o’zaro bog’langan protseduralar va ularni qayta ishlaydigan berilganlarning majmuasi deb qarashdan iboratdir.

Continue reading

Singleton

Dasturiy injiniringda singleton model(singleton pattern)i – bu dasturni loyihalash modeli tushunchasi bo’lib u bitta klassdan faqat bitta obyekt yaratish imkonini beradi.

Continue reading

Yagona javobgarlik prinsipi

Yagona javobgarlik prinsipi(single responsibility principle) – bu dasturlash tilidagi prinsip bo’lib, unga ko’ra har bir modul, klass yoki funksiya dasturdagi biror  funksionallikning yagona qismiga javobgar bo’lishi kerak hamda bu javobgarlik klass tomonidan to’liq inkapsulyatsiyalangan bo’lishi kerak. Uning barcha vazifalari shu javobgarlikka mustahkab bog’langan bo’lishi kerak. Robert C. Martin bu prinsipni quyidagicha ta’riflaydi: “Klassning o’zgarishiga faqat bitta sabab bo’lishi kerak”, garchi “sabab” so’zida biroz chalkashlik bo’lsa ham u oxirgi marta “Bu inson haqidagi prinsip” deb takidlagan.

Continue reading

Ajax. 1-qism

AJAX web dasturlash texnologiyasi bo’lib, uning yordamida interaktiv web ilovalarni yaratish mumkin. Agar sizda JavaScript, HTML, CSS va XML bo’yicha bilimlar mavjud bo’lsa, sizga AJAXni o’rganish uchun bir soat yetarli. Ushbu kursni o’rganishingiz uchun sizda HTML va JavaScript bo’yicha bilimlaringiz bo’lishi kerak.

Continue reading

HTTP POST va HTTP PUT metodlari qachon ishlatiladi?

HTTP protokoli ma’lumotlarni yangilashda ikkita metoddan foydalanadi: PUT va POST. Bu ikkala metod ham ma’lumotlarni yangilashda ishlatilgani uchun API dasturchilar ulardan foydalanishda biroz chalg’iydilar. Shu sababli ham ko’pchilik dasturchilar ma’lumotlarni yangilashda PUTga umuman murojaat qilmay, har qanday kodda ham POST metodidan foydalanishadi.

Continue reading

JavaScriptda sayoz va to'liq nusxalash

Shallow-copy(sayoz-nusxalash) – obyektning bit-wise nusxasi. Yangi yaratilgan obyekt orginal obyektdagi qiymatlarning aynan nusxasiga ega bo’ladi. Agar obyekting birorbir maydoni boshqa obyektga bog’langan bo’lsa, bunda faqat bog’lanish manzili nusxalanadi, ya’ni faqat xotira manzilidan nusxa olinadi

Continue reading