Kompyuter grafikasi

Yorug'lik, rang, RGB, CMY, HSV rang modellari

Yorug'lik va rang Rang fizika, fiziologiya va shu kabi sohalardagi kabi kompyuter grafikasida ham favqulodda murakkab muammo.Rangni idrok qilish uchun uning enirgiya, intensivlik kabi fizik xususiyatlarini bilish zarur. Boshqacha aytganda rang nafaqat predmetning o’ziga balki rangning manbasiga va insonning ko’rish tizimiga bog’liq bo’ladi. Rang va u tushuvchi predmetlar haqida gapiradigan bo’lsak, bitta predmetga tushgan rang predmetdan qaytsa boshqalari o’tkazib yuboradi. Shu o’rinda aytib o’tish kerakki yorug’lik va rang ajralmas tushunchalardir. Rang yorug’lik tarkibi bo’lib, u yorug’likning chastotasi bilan o’lchanadi. Ya’ni yorug’lik chastotasi o’zgarishi bilan uning rangi ham o’zgarib boradi. Yana shuni aytish kerakki, yorug’likning ma’lum oraliqqa tushuvchi chastotasidagina yorug’lik va uning ranglari inson ko’ziga ko’rinadi. Endi yana yuqoridagi fikrni davom etamiz. Agar faqat yashil rangni qaytaruvchi yuzaga qizil rang tushirilsa u qora bo’lib ko’rinadi. Eng oddiysi bo’lib biz oq-qora ekranli televizorda ko’radigan axromatik rang hisoblanadi.

Continue reading